BAA Eron fuqarolariga o‘z hududiga kirishni taqiqlagani aytildi
Emirates Airlines o‘z veb-saytida Eron fuqarolariga BAAga kirish taqiqlangani haqida e’lon qildi. Cheklov viza va pasport talablarida aks etgan.
Qarorning sabablari oshkor qilinmagan va BAA rasmiylari tomonidan rasmiy izoh yo‘q.
FlyDubai esa istisno e’lon qildi: BAAning «oltin vizasi»ga ega eronliklar mamlakatga kirishlari va tranzit o‘tishlari mumkin. Ushbu hujjat investitsiya orqali uzoq muddatli yashash huquqini beradi.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, Tehron Yaqin Sharqdagi Amerika bazalariga hujumlar uyushtirdi. Muxolifatdagi Iran International gazetasi eronlik muhojirlarning BAAda yashash ruxsatnomalari bekor qilina boshlaganini xabar qildi.
Nashrga ko‘ra, eskalatsiya boshlanganidan beri BAAga qarata yuzlab ballistik raketalar va qariyb 2000 ta dron uchirilgan, o‘lim va jarohatlar qayd etilgan. Mamlakatda Eron bilan bog‘liq tashkilotlar yopilmoqda va deportatsiyalar qayd etilmoqda.
Avval ayrim arab davlatlari AQShdan Eronga hujumni to‘xtatmaslikni so‘ragani xabar berilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter