Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh tinchlik rejasi: Zelenskiy Tramp bilan gaplashib olmoqchi

AQSh tinchlik rejasi: Zelenskiy Tramp bilan gaplashib olmoqchi

Zelenskiy AQShdan Ukraina uchun tinchlik rejasi loyihasini oldi

Amerika tomonining fikriga ko‘ra, hujjat "diplomatiyani kuchaytirishi" mumkin. Ukraina prezidentlik devoni ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy loyihani Tramp bilan muhokama qilmoqchi. 

Devonning ta’kidlashicha, ular reja qoidalari ustida "urushni munosib yakunlaydigan" tarzda ishlashga kelishib olishgan. 

"Rossiya bosqinining dastlabki soniyalaridan boshlab Ukraina tinchlikka intildi va biz uni yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan barcha mazmunli takliflarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu yil boshidan beri biz Prezident Trampning qon to‘kilishini to‘xtatish bo‘yicha takliflarini qo‘llab-quvvatladik. Biz tinchlikni ta’minlash uchun Amerika tomoni va Yevropadagi va butun dunyodagi hamkorlarimiz bilan konstruktiv ishlashda davom etishga tayyormiz", deyiladi bayonotda. 

 Zelenskiy yaqin kelajakda AQSh prezidenti bilan kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqchi. 

Avvalroq AQSh va Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha yashirincha keng ko‘lamli reja ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi. U 28 banddan iborat bo‘lib, to‘rtta sohani qamrab oladi: Ukrainadagi urushni tugatish, xavfsizlikni ta’minlash, Yevropada barqarorlikni mustahkamlash va AQShning Rossiya va Kiyev bilan kelajakdagi munosabatlarini o‘rnatish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring