Mikrokreditbank rahbariyati Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi
21-oktyabr kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Uyg‘ur mahallasida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Umrbek Jumaniyazov boshchiligida aholi va tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda 30 dan ortiq fuqarolar qatnashib, 15 dan ortiq murojaatlar eshitildi va qisqa muddatda bajarish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shu kuni yana viloyatning Marhamat tumanida Altepa mahallasida ham aholi va tadbirkorlar uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 30 dan ortiq fuqarolar qatnashib, 10 dan ortiq murojaatlar tinglandi.
Shundan so‘ng “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Umrbek Jumaniyazov Toshyo‘li va Mirishkor mahallalaridagi mikro loyihalar, amalga oshirilgan ishlar va aholi muammolarini o‘rgandi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter